“So‘g‘diyona” murabbiyi ishdan ketdi
Sport
−
27 mart 1523 1 daqiqa
Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi bosh murabbiyi Ivan Boshkovich iste’foga chiqarildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Klub matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Jizzax klubi va Ivan Boshkovich o‘rtasidagi mehnat shartnomasi o‘zaro kelishuv asosida bekor qilingan.
“Klubimiz Ivan Boshkovichga jamoamizdagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiradi hamda uning keyingi murabbiylik faoliyatida omad va muvaffaqiyatlar tilaydi”, deyiladi klub matbuot xizmatida.
Shuningdek, “So‘g‘diyona” Ivan Boshkovich o‘rniga Ulug‘bek Baqoyevni bosh murabbiy etib tayinladi.
Ma’lumot uchun, “So‘g‘diyona” jamoasi Superliga yangi mavsumida orta qolgan 4-turdan so‘ng 3 ta mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etdi. Jizzaxliklar ayni damda 1 ochko bilan 15-pog‘onada bormoqda.