Sudlar fuqarolarni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatdi

Jamiyat

image

Bugun, 20 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining “O‘zbekiston Respublikasi sudlarida COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati rahbari Aziz Abidov ma’lum qildi.

Hujjatda mamlakat sudlarida fuqarolarning shaxsiy qabuli, sayyor sud majlislari to‘xtatib turilishi, fuqarolarga hujjatlarni sudlarga faqat elektron shaklda yoki pochta orqali yuborish tavsiya etilishi nazarda tutilgan.

Qarorga muvofiq sudlar tomonidan faqat kechiktirib bo‘lmaydigan toifadagi ishlar ko‘rilishi belgilandi.

Shuningdek, qarorda barcha sudlar ishlarni texnik imkoniyat mavjud bo‘lganda videokonferensaloqa rejimida ko‘rilishini tashkil etishi, sud majlisi ishtirokchilari bo‘lmagan shaxslarning sud binolariga kirishi qat’iyan man etilishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 33 nafarga yetdi

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

sud koronavirus

Baholaganlar

60

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing