Sudlangan migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborish taklif etildi
3-sahifa
−
24 avgust
4044Rossiya Davlat dumasi sudlangan barcha muhojirlarni mamlakatdan chiqarib yuborishni taklif qildi. Bu haqda Davlat dumasining Davlat qurilishi va qonunchilik qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Sardana Avksenteva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Mening fikrimcha, sudlangan barcha muhojirlar, shu jumladan, sudlanganligi olib tashlanganlar ham yashash ruxsatnomalaridan mahrum qilinmasdan chiqarib yuborilishi kerak”, deydi u.
Avksentevaning tushuntirishicha, Rossiyaning amaldagi qonunchiligi xorijliklarga sudlanganlik muddati tugagandan keyin Rossiyaga kirishga ruxsat beradi. Shu bilan birga, uy-joy kodeksini “ibodat uylari”ni yaratish bo‘yicha qayta ko‘rib chiqish kerakligi aytildi, xususan, odamlar kvartira ichida va boshqa istalgan joyda hech qanday ruxsatsiz diniy hujra tashkil qilinishiga ruxsat beriladi. Bu mavzu joriy yilning boshida ko‘tarilgan, ammo taklif ko‘rib chiqilmagan.
Avksentevaga ko‘ra, kelgusi haftada shunday tashabbus Davlat dumasiga taqdim etiladi. Hozirda shu bo‘yicha parlament so‘rovi tayyorlanmoqda.
Ma’lumot uchun, bu qonun loyihasini ishlab chiqishga kecha, 23 avgust kuni Volgograd viloyatidagi 19-sonli axloq tuzatish koloniyasida intizomiy komissiya yig‘ilishida mahkumlar qamoqxona xodimlarini garovga olgani sabab bo‘lgan.
LiveBarchasi