Kurs UZS

USD

12 920.44

5.44

EUR

14 252.54

295.3

RUB

153.52

-0.03

Sudanda shifoxona dron hujumiga uchradi. 70 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Olam

image

Sudan g‘arbida joylashgan El-Fasher shahridagi shifoxonaga Tezkor javob kuchlari (TJK) droni tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida 70 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Sudanning Darfur viloyati gubernatori Mini Arko Minavi ma’lum qildi.

“Tezkor javob kuchlari droni Sudanning El-Fasherdagi shifoxonasi tez yordam bo‘limiga hujum qildi. Ular ichkarida bo‘lgan barcha bemorlarni o‘ldirdi. Vafot etganlar soni 70 tadan ortiq”, dedi Minavi.

Ma’lumot uchun, 2021 yil oktyabrdagi davlat to‘ntarishidan beri Sudan generallar kengashi tomonidan boshqariladi va 2023 yildagi hokimiyat uchun kurashda general va amaldagi Prezident Abdul Fattox al-Burxon boshchiligidagi armiya va Rapid nomli harbiylashtirilgan guruh o‘rtasida mojaro kelib chiqdi. Ular fuqarolik boshqaruviga o‘tish taklifi bo‘yicha kelisha olmadi. 2023 yil 15 apreldan beri Sudanda Muhammad Hamdan Daglo qo‘mondonligidagi Tezkor javob kuchlari (TRK) bilan muntazam armiyaning o‘rtasida qattiq janglar davom etmoqda. Xalqaro Qizil Xoch Jamiyati mamlakatdagi davom etayotgan janglar sog‘liqni saqlash tizimining halokatli kollapsi va kasalliklar tarqalishiga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sudan urushining dastlabki 14 oyida Xartumda 61 mingdan ortiq odam halok bo‘lgani xabar qilingandi. Londondagi Gigiyena va tropik tibbiyot maktabining Sudan tadqiqot guruhi bilan o‘tkazgan kuzatuvlariga ko‘ra, 26 mingga yaqin odam zo‘ravonlik oqibatida halok bo‘lgan va bu ayni paytda BMT tomonidan qo‘llanayotgan ko‘rsatkichdan ko‘p. Sudanda o‘limning eng keng tarqalgan sabablari – ochlik va kasallikdir. Birlashgan Millatlar Tashkilotiga ko‘ra, mojaro 11 million odamni uylarini tashlab ketishga majbur qilgan va dunyodagi eng dahshatli ocharchilikka sabab bo‘lgan, deyarli 25 million kishi, ya’ni Sudan aholisining yarmi yordamga muhtoj.


Maqola muallifi

Teglar

Sudan dron hujumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing