Sud Yun Sok Yolni hibsga olish muddatini uzaytirishdan bosh tortdi

Olam

image

Janubiy Koreya sudi ikkinchi marta mamlakat Prezidenti Yun Sok Yolning qamoq muddatini 6 fevralgacha uzaytirishdan bosh tortdi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, markaziy tuman sudi o‘zining qo‘shimcha tergovini o‘tkazayotgan prokuratura manfaati uchun qamoq muddatini uzaytirishga yetarli asoslar yo‘q deb topgan. U ushbu qarorni 24 yanvar kuni qabul qilgan. Ertasi kuni prokuratura yana iltimosnoma kiritgan.

Xabarga ko‘ra, davlat rahbarining vaqtinchalik hibsga olinishi taxminan 28 yanvarda tugashi kerak. Qonunga ko‘ra, gumonlanuvchi 10 sutkagacha hibsda saqlanishi mumkin, bu muddat yana 10 kunga uzaytirilishi mumkin. 

Janubiy Koreyada harbiy to‘ntarishga urinish

O‘tgan yilning 3 dekabr kuni Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat e’lon qildi. Shu tariqa davlat rahbari muxolifat faoliyatini cheklab, ommaviy axborot vositalarida senzura joriy etishga urindi.

Bu qaror Seulda norozilik namoyishlari bilan kechgan siyosiy inqirozni keltirib chiqardi. Parlament va hukumat prezident qarorini qo‘llab-quvvatlamadi. Keyinchalik Yun harbiy holatni bekor qildi - bu olti soatga yaqin davom etdi.

14 dekabr kuni Koreya parlamenti Yunga impichment e’lon qildi va uni o‘z vazifasidan chetlatdi.

15 yanvar kuni huquq-tartibot idoralari xodimlari Yo‘lni ikkinchi urinishda qo‘lga olib, Seuldagi tergov izolyatoriga joylashtirgan.

18 yanvar kuni sud prezidentni rasman hibsga olish uchun order berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya Yun Sok Yol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing