Sudyalarga pensiya tayinlash tartibi o‘zgartirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sudyalar va ularning oila a’zolari pensiya ta’minoti shartlari, me’yorlari hamda tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi 783-son qarori qabul qilindi.

Hujjatda belgilanishicha, Oliy sudi apparati rahbari, boshqarma boshliqlariga nisbatan Oliy sud sudyalari uchun belgilangan, Oliy sudning boshqaruv xodimlari tarkibiga kiritilgan boshqa xodimlariga nisbatan esa, viloyat sudlari sudyalari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etiladi.

Bunda qayd etilgan shartlar faqat muqaddam sudyalik lavozimida ishlagan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi, ushbu shaxslarning shu lavozimlarda ishlagan vaqti sudyalik stajiga qo‘shilishi va pensiya tayinlashda hisobga olinishi belgilangan.

Shuningdek, sudya lavozimidan boshqa ishga o‘tkazilgan shaxslar ushbu Nizomning 30-bandida nazarda tutilgan tartibda pensiya olish huquqiga ega.

Nogironlik pensiyasini tayinlashda yoshga doir cheklovlar olib tashlandi. I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan 50 yoshdagi va undan oshgan shaxslar nogironlik yuzaga kelguniga qadar sudya sifatida 10 yillik ish staji mavjud bo‘lganda, pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar (ilgari 60 yoshgacha edi).

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.01.2021 yildan kuchga kirdi.


Maqola muallifi

Teglar

sud'ya

Baholaganlar

159

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing