Sudyalar oliy kengashi Navoiyda qo‘lga olingan sudya bo‘yicha bayonot berdi
3-sahifa
−
13 fevral
12738Avvalroq, O‘zbekiston Hakamlik sudlari assotsiatsiyasining Navoiy viloyat vakolatxonasi huzuridagi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi sudyasi 500 dollar va 6 million 250 ming so‘m olgan vaqtida ushlangani to‘g‘risida xabar bergandik. Sudyalar oliy kengashi mazkur holat yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi.
Unga ko‘ra, hakamlik sudlari sud tizimiga kirmaydi. Aksincha, fuqarolik-huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida vujudga keluvchi muayyan iqtisodiy nizolarni hal etish vakolatiga ega bo‘lgan nodavlat organ hisoblanadi. Shu bois hakamlik sudlari faoliyati O‘zbekistonning “Sudlar to‘g‘risida”gi qonuni bilan emas, balki alohida normativ-huquqiy hujjat – “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solingan.
Qayd etilishicha, hakamlik sudlari sudyalari Sudyalar oliy kengashi tomonidan lavozimga tayinlanmaydi va ozod etilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Mingbuloqda ham sudya 2 ming dollar pora bilan qo‘lga tushgandi.