Sudyalar daxlsizligi mustahkamlanadi – Prezident farmoni
Jamiyat
−
09 dekabr 2020
7110O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, sudyalarning yuridik javobgarligi masalasini hal etish paytida ularning odil sudlov bilan bog‘liq faoliyatiga har qanday aralashuvning oldini olish maqsadida 2021 yildan quyidagicha tartib o‘rnatiladi:
• Sudyalarning daxlsizligini buzganlik va odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashganlik holatlari yuzasidan Kengash raisi tomonidan kiritilgan taqdimnoma prokuratura organlari tomonidan bir oy muddatda ko‘rib chiqilib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi yoki qo‘zg‘atish rad etilganiligi haqida Kengashga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan xabar beriladi;
• Sudyalarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga guvoh yoki gumon qilinuvchi sifatida so‘roq qilish uchun chaqirishga tegishli malaka hay’atlari roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi;
• Sud hokimiyati mustaqilligini va sudyalar daxlsizligini ta’minlash, odil sudlovni amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan omillar va tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish holati yuzasidan Kengash raisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yil yakuni bo‘yicha axborot taqdim etib boriladi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr