Sudyaga 10 ming dollar pora berayotgan advokat qo‘lga olindi 

3-sahifa

image

Joriy yilning 29 fevral kuni advokat Z.Ya. sudyaga pora berayotganda Qoraqalpog‘iston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha To‘rtko‘l tuman sudi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) ish yurituvidagi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan ayblanayotgan K.O.ga yengillik qilib berish evaziga advokat Z.Ya.  tomonidan  sudyaga 10.000 AQSH dollari miqdorida pora taklif qilingan.

"Ayni paytda advokatga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda", deyiladi xabarda.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

pora advokat Sud'ya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing