Sud tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 11 yanvarO‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 5 yillik vakolat muddati tugagan bir necha nafar sudyalarni yangi muddatga tayinlash, shuningdek ayrimlarini (vakolat muddatiga) qayta tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan 6 nafar nomzod navbatdagi 10 yillik muddatga, yana uch nafar sudya vakolat muddatiga qayta tayinlandi, 2 nafari zaxiraga qoldirildi. Zaxirada qolganlarga bir oydan keyin yana bir bor o‘z omadini sinab ko‘rish imkoniyati beriladi.

Shuningdek, kengash sudyalik faoliyatida xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 4 nafar sudyani intizomiy javobgarlikka tortish masalasini ham muhokama qildi.

Pirovardida, ularning 3 nafarini intizomiy javobgarlikka tortishga rozilik berdi, bir nafariga nisbatan rad etdi.

Demak, Sudyalar oliy kengashining tegishli qarorlariga muvofiq:

Jamshid Xayriddinovich Botirov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Samarqand viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;

Dilshod Tulkunjanovich Kamilov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga, besh yil muddatga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudining raisi lavozimiga;

Dilmurod Abdumalikovich Madaminov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga, besh yil muddatga Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Pop tuman sudining raisi lavozimiga;

Tulkin Mamaraimovich Abdiraimov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga, besh yil muddatga
Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudining raisi lavozimiga;

Xabibullo Nematovich Sarmanov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga, besh yil muddatga Sirdaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Shirin shahar sudining raisi lavozimiga;

Sherzod Iskanovich Toshpulatov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek:

Luqmonboy Raxmatullayevich Asatov – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga;

Ruslan Zarifovich Zairov – sudyalik vakolati muddati davriga Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi.

Bundan tashqari Laziz Amrillayevich Abdullayev sudyalik vakolati muddati davriga Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

sud

Baholaganlar

158

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing