Sud, prokuror va tergovchiga yangi vakolatlar beriladi
Jamiyat
−
11 Sentabr 2019
7484O‘zbekiston Respublikasida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudga ko‘chmas mulk va avtomototransport vositalariga oid yangi vakolat beriladi. Bu haqda 2019-2021 yillarda notariat institutini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da ko‘rsatib o‘tilgan.
Qayd etilishicha, ko‘chmas mulk va avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga berish taqiqlanganligi va xatlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud (sudya) tomonidan “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritish va taqiqni (xatlovni) yechish mexanizmi joriy etiladi.
Bu boradagi tegishli kompleks chora-tadbirlar 2021 yil yanvar oyigacha ishlab chiqilishi lozim. Ijro etilishiga mas’ul - Adliya vazirligi (Davletov), Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev), Oliy sud (Komilov), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Davlat xavfsizlik xizmati (Azizov), Davlat bojxona qo‘mitasi (Azimov), Milliy gvardiya (Toshmatov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li).
LiveBarchasi