Sud Navalniyni ikki jinoyatda aybdor deb topdi
Olam
−
22 mart 2022
5627Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy firibgarlik va sudyani haqorat qilishda aybdor deb topildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 22 mart kuni Moskvaning Lefortovo tuman sudi Aleksey Navalniyni urush faxriyiga tuhmat qilish va sudyani haqorat qilganlikda aybdor deb topgan. Ayblovchi tomon Navalniyni 13 yilga og‘ir rejimdagi koloniyaga hukm qilishni so‘ragan.
“Navalniy sudga hurmatsizlik qildi”, degan sudya o‘z hukmida.
U odillikka hurmatsizlikdan tashqari (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 297-moddasi 1, 2-qismlari), to‘rtta o‘ta yirik firibgarlik epizodida (Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi ) ham aybdor deb topilgan.
“Hozirda hukmni e’lon qilish davom etmoqda, Navalniyga nisbatan jazo hukmning qaror qismida e’lon qilinadi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Rossiyada davlat ayblovchisi muxolifatchi siyosatchi Aleksey Navalniyni firibgarlik va sudni haqorat qilganlikda ayblab, 13 yil qamoq va 1,2 million rubl miqdorida jarimaga hukm qilishni so‘ragani haqida xabar bergan edik.
Ayni paytda Navalniy “Iv Roshe” ishi bo‘yicha 2021 yilning fevralidan beri Pokrov shahridagi 2-sonli axloq tuzatish koloniyasida jazo o‘tamoqda.
LiveBarchasi