Sud chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘lgan onaga yana imkon berdi

Jamiyat

image

Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch tuman sudi binosida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida o‘zining 4 oylik chaqalog‘ini sotish yo‘li bilan tekin daromad topishni maqsad qilgan sudlanuvchi J. I. ga  nisbatan sud hukmi o‘qildi.
 
Sudlanuvchilar J. I. 2018 yil 22 iyun kuni soat 11:30 larda Urganch shahar Bo‘stonliq ko‘chasida o‘zining 4 oylik chaqalog‘ini sotish yo‘li bilan tekin daromad topish maqsadida, 2018 yil 16 fevralda tug‘ilgan qizi J. G. ni ojiz ahvolda ekanligini va o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligini bila turib, uni tadbirga jalb qilingan fuqaro G. M. ga oldindan kelishilgan 2 000 000 so‘m pulga sotgan vaqtida shahar IIB tezkor xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida qo‘lga olingan. Sudlanuvchi J. I. sud muhokamasida aybiga to‘liq iqrorlik bildirgan.
 
Sudlanuvchi J. I. ga oid jinoyat ishi yuzasidan mavjud dalillar va guvohlar ko‘rsatmalari har taraflama, sinchiklab tekshirilib, O‘zbekiston Respublikasi JPKning 211, 454-457, 462-468-moddalariga amal qilgan holda sudlanuvchi J. I. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, yashash joyidan sutkaning soat 21:00 dan 9:00 ga qadar chiqishni cheklashdan iborat 4 (to‘rt) yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
 
Jinoyat ishi yuzasidan sudlanuvchi J. I. ga nisbatan qo‘llanilgan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilinib, sud zalidan qamoqdan ozod qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat Odamsavdosi Oliysud

Baholaganlar

94

Reyting

2.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing