Sud Atamboyevga oid shikoyatni rad etdi
Olam
−
04 Sentabr 2019
5442Bugun, 4 sentyabr kuni Bishkek shahar sudi Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyevni hibsga olish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Sobiq davlat rahbarining advokati Sergey Slesarevning ma’lum qilishicha, Bishkek shahar sudi sobiq Prezidentni hibsga olish va hibsga olishning noqonuniyligi haqidagi shikoyatni rad etgan.
Advokatning so‘zlariga ko‘ra, bir necha kun oldin Atamboyevning advokatlari Qirg‘iziston poytaxti Pervomayskiy tuman sudida mamlakatning sobiq rahbariga nisbatan ehtiyot chorasini o‘zgartirishga uringan.
Atamboyev parlament tomonidan sobiq Prezident maqomi va daxlsizlik huquqidan mahrum qilingan, chunki qonun chiqaruvchi organ konstitutsiya bo‘yicha bunday vakolatlarga ega emas. Shunga qaramay, tuman sudi sobiq davlat rahbariga nisbatan ehtiyot chorasini o‘zgartirishdan bosh tortdi, u 2019 yil kamida 26 oktyabrgacha qamoqda bo‘ladi.
Himoyachilar qarorni yuqori sud idorasiga shikoyat tarzida kiritmoqchi.