Sud hukmini taxt o‘yiniga aralashtirmang – Erdo‘g‘an
Olam
−
19 dekabr 2022
7748Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an muxolifatni Istanbul hokimi Ekrem Imomo‘g‘li ustidan sud jarayoni bo‘yicha muddatidan oldin xulosa chiqarmaslikka chaqirib, uni “taxtlar o‘yini” bilan shug‘ullanib, adolat ishlariga aralashmaslikka chaqirdi. U bunday bayonot bilan mamlakat janubi-sharqidagi Mardin shahridagi mitingda so‘z ochdi.
“Oxirgi kunlarda avj olgan nizolar biz bilan ham, shaxsan menga ham, xalqimizga ham bog‘liq emas. Ular MSKni haqorat qilgan aniq shaxsga nisbatan chiqarilgan hukm bilan bog‘liq va bu yakuniy emas. Bu ba’zi odamlar Vizantiya uslubida taxt o‘yiniga aylantirmoqchi bo‘lgan ichki siyosiy ziddiyatdir”, deydi Erdo‘g‘an.
Gap shundaki, Istanbul sudi joriy yilning 14 dekabr kuni shahar meri Ekrem Imomo‘g‘li ishi bo‘yicha hukm chiqardi va uni Markaziy saylov komissiyasi vakillarini haqorat qilgani uchun ikki yilu yetti oyga ozodlikdan mahrum qildi.
Hukm yuqori organ tomonidan tasdiqlansa, Imomo‘g‘li siyosiy faoliyatga 5 yillik taqiq qo‘yilgani sababli o‘z lavozimidan ayrilishi mumkin.
Turkiyaning asosiy muxolifatdagi Jumhuriyat Xalq partiyasi vakili Imomo‘g‘liga qarshi ish 2019 yilgi Istanbul hokimligi uchun o‘tkazilgan saylovlardan keyin qo‘zg‘atilgan. U 31 mart kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Erdo‘g‘anning “Adolat va taraqqiyot” partiyasidan nomzod va sobiq Bosh vazir Binali Yildirimga raqib bo‘ldi. Biroq, Yildirim va uning partiyasi shahar hokimligi uchun o‘tkazilgan saylov natijalarini rad etdi, MSK tomonidan bekor qilingan birinchi saylovda ham, 23 iyun kuni o‘tkazilgan ikkinchi tur saylovda ham Ekrem Imomo‘g‘li g‘alaba qozondi. Ayniqsa, ikkinchi saylovda yuqori ustunlik bilan muvaffaqiyatga erishdi.
Imomo‘g‘li saylovda g‘alaba qilgach, 31 mart kuni bo‘lib o‘tadigan saylovni bekor qilganlarni "ahmoqlar" deb atadi.