Suaresning qaysi jamoaga o‘tishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Urugvay milliy terma jamoasi va “Barselona”ning sobiq hujumchisi Luis Suares Argentinaning “River Pleyt” klubi safiga borib qo‘shiladi.  Bu haqda ESPN jurnalisti Kristian Martin xabar berdi.

Qayd etish joizki, so‘nggi ikki mavsumda Suares Madridning “Atletiko” klubi sharafini himoya qildi. “Matraschilar” tarkibida “el pistolero” bir marotaba Ispaniya La ligasida zafar quchishning uddasidan chiqdi. Biroq joriy yilning 30 iyun kuni Suaresning madridliklar bilan shartnoma muddati tugaydi. Urugvaylik super hujumchi esa Simone jamoasi safida ortiq to‘p tepmasligini ma’lum qilgan.

Suaresning “oltin davri” Kataloniyaning “Barselona” klubida o‘tgan. U Messi bilan birgalikda ajoyib juftlik hosil qilib, dunyoning eng kuchli hujumchilaridan biriga aylangandi. Ammo “ko‘k anorranglilar”ga Ronald Kuman ustozlik qilgan davrida “el pistolero”ga ishonch bildirmadi va u “Atletiko”ga o‘tib ketdi.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsumda Suares “Atletiko” safida 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urgan va 3 ta golli uzatma amalga oshirgan. “Transfermarkt” portali 35 yoshli hujumchini 8 million yevroga baholamoqda.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Suares

Baholaganlar

47

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing