Messiga raqobatchi yo‘q – Suares 

Sport

image

Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Luis Suares 2021 yilgi “Oltin to‘p” uchun asosiy favorit kim ekanini aytdi.

Urugvaylik futbolchining fikricha, “France football” nashrining sovrini PSJda o‘ynayotgan argentinalik hujumchi Lionel Messiga nasib etadi.

“Leo “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritadi. U “Barselona” bilan faqat Ispaniya kubogini qo‘lga kiritganiga qaramay, o‘zi uchun ajoyib yilni o‘tkazdi. Messi La liganing eng yaxshi to‘purari va assistenti bo‘ldi, shuningdek, Amerika kubogini qo‘lga kiritdi. Bu esa uning imkoniyatlarini oshiradi. Sovrin g‘olibini aniqlash uchun, nafaqat o‘yinchining yil davomida ko‘rsatgan o‘yini, balki uning o‘zi uchun erishgan yutuqlariga ham e’tibor qaratish lozim. Menimcha, Leoning raqobatchilari yo‘q”, deydi Suares.

Avvalroq, “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish ehtimoli yuqori bo‘lgan futbolchilar haqida ma’lumot bergan edik. 

Eslatib o‘tamiz, sovrinni topshirish marosimi joriy yilning 29 noyabr kuni Parijda bo‘lib o‘tadi. Messi ushbu mukofotning olti karra g‘olibi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Messi Oltin to'p Suares France football

Baholaganlar

23

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing