Suares Messi dunyoning eng yaxshi futbolchisi ekanini aytdi 

Sport

−

image

"Barselona" hujumchisi Luis Suares Kataloniya jamoasi sardori va hujumchisi Lionel Messi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Suares argentinalik futbolchi bilan yaqin do‘stona munosabatda ekanini aytib o‘tdi. Shuningdek, u bilan boshidanoq yaxshi til topa olishgani va bu o‘yinlar davomida maydonda bir-biriga katta yordam berganini ta’kidladi.

“Messi dunyodagi eng yaxshi futbolchi ekanini allaqachon isbotlagan va har kuni isbotlamoqda. Lionel yaqinlariga do‘stligini ming martalab ko‘rsatadi. "Oltin butsa" uchun kurashganimda u menga yordam berdi" deydi u.

Ushbu mavsumda Suares "Bareslona" safida 13 uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

38

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing