Maktabda berilgan oltin va kumush medallar universitetga kirish uchun imtiyoz beradimi?
Jamiyat
−
26 may 2020
11852Maktablarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlanishi oliy o‘quv yurtiga kirishida imtiyoz taqdim etmaydi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi ma’lum qildi.
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 fevraldagi 154-sonli qarori asosida tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomda oltin va kumush medallar bilan taqdirlangan o‘quvchilarga imtiyozlar berilishi ko‘zda tutilmagan“, deyiladi vazirlik xabarida.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, oltin va kumush medallar a’lo baholarda o‘qigan o‘quvchilarga berilishini inobatga olsak, kirish imtihonlarida imtiyozli ballar berilmasada, o‘quvchilar o‘z bilimini ko‘rsata olishi lozim. Qolaversa, oliy o‘quv yurtiga kirish uchun talabgor yoshlarga teng imkoniyatlar taqdim etilishi maqsadga muvofiq.
Ta’kidlanishicha, bundan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarni ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, korrupsion holatlarning oldini olish va iqtidorli o‘quvchilar bilimini rag‘batlantirishdan iborat.
Avvalroq, 2019-2020 o‘quv yili yakunlari bo‘yicha ma’lumot berilgan edi.
LiveBarchasi