“Stranja” qahramonlari O‘zbekistonga qaytdi

Sport

image

Joriy yilning 20–26 fevral kunlari Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo‘yicha an’anaviy “Stranja” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Musobaqada umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan O‘zbekiston terma jamoasi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida keng jamoatchilik tomonidan kutib olindi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Tantanali kutib olish marosimida Yoshlar siyosati va sport vazirining o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, O‘zbekiston boks federatsiyasi mutasaddilari va bokschilarning yaqinlari ishtirok etdi.

“Mutasaddilar sportchilarimizni kutib olishar ekan, ular qayd etgan natija joriy yilning may oyida poytaxtimizda o‘tadigan Jahon chempionati oldidan muxlislarda katta ishonch uyg‘otganini ta’kidladi”, deyiladi MOQ xabarida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi turnirda 7 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza, jami 18 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bokschilar qisqa tanaffusdan so‘ng dunyo birinchiligiga tayyorgarlikni davom ettiradi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Stranja

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing