Stoltenberg tinch aholi Rossiya tomonidan qirib tashlangan Buchaga bordi
Olam
−
21 aprel 2023
5143Bugun, 20 aprel kuni Ukrainaga tashrifi chog‘ida NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg nafaqat Kiyevga, balki Rossiya agressiyasidan jabr ko‘rgan Buchaga ham bordi. Bu haqda Bucha shahar meri Anatoliy Fedoruk ma’lum qildi.
“Shaharda sodir etilgan vayronagarchilik va jinoyatlarning oqibatlari Bosh kotibda chuqur taassurot qoldirdi. U NATO Ukraina armiyasi va xalqiga misli ko‘rilmagan yordamni ko‘rsatishda davom etishiga ishontirdi. Aminmanki, bunday qat’iyat bukilmas bo‘ladi va g‘alabamizni tezlashtiradi”, deb yozgan Fedoruk.
Shuningdek, u minnatdorlik belgisi sifatida alyans bosh kotibiga rus o‘qlaridan yasalgan Bucha ramzlari tushirilgan esdalik tangani sovg‘a qilganini aytdi.
“Bu ukrainaliklarning tajovuzkor qarshisida yengilmasligini va o‘z yerimizni himoya qilishga tayyorligini anglatadi”, dedi mer.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiya Bosh vaziri Kisida ham Ukrainaga qilgan safarida Buchaga borib, Rossiya agressiyasining oqibatlarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan edi.
LiveBarchasi