Stoltenberg Xitoyni Rossiya borasidagi sanksiyalar bilan qo‘rqitdi
Olam
−
18 iyun
5991NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyotini qo‘llab-quvvatlagani uchun Xitoyga qarshi iqtisodiy sanksiyalar qo‘llash bilan tahdid qildi. Bu haqda u BBC’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Stoltenbergning fikricha, Xitoy ham Rossiya, ham G‘arb bilan yaxshi munosabatlarni saqlab, ikki stulda o‘tirishga harakat qilmoqda, ammo bu uzoq davom eta olmaydi.
BBC’ga bergan intervyusida NATO Bosh kotibi tashkilot Xitoyga qarshi ehtimoliy sanksiyalar qo‘llashni muhokama qilinayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy Rossiya uchun Ukrainaga qarshi ishlatadigan raketa va qurollarni yaratishga imkon beruvchi ko‘plab texnologiyalarga ega.
“Ma’lum bir bosqichda, agar Xitoy o‘z xatti-harakatlarini o‘zgartirmasa, ba’zi iqtisodiy cheklovlar haqida qattiq turishimizga to‘g‘ri keladi”, deydi Stoltenberg.
Biroq Bosh kotib ehtimoliy sanksiyalar nimalardan iboratligi haqida hech qanday ma’lumot bermagan.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 12 iyun kuni AQSH Moliya vazirligi Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirib, 300 dan ortiq yangi cheklovlar kiritdi. Xususan, sanksiyalar Xitoyning mudofaa kompaniyasi Poly Technologies, kompyuter uskunalari ishlab chiqaruvchi DeepCool, Daytek savdo va konsalting kompaniyasi, Asialink transport-logistika kompaniyasi va elektron jihozlar yetkazib beruvchi Chongqing Fagima Electro-mechanical Equipment kompaniyasiga ham taalluqli bo‘ldi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi esa AQSHdan sanksiyalarni bekor qilishni talab qildi.
LiveBarchasi