Atamboyevning rafiqasi ham jinoiy ish figuranti bo‘ldi
Olam
−
16 avgust 2019
10154Qirg‘izistonnng sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyevning turmush o‘rtog‘i Raisa Atamboyevaga nisbatan jinoyat ishi ochilyapti. Bu haqda uning o‘zi Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi binosi oldida ma’lum qildi. U yerda Almazbek Atamboyevga ehtiyot chorasi qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
U hech qachon siyosatga, xususan, sudlar ishiga aralashmaganini qo‘shimcha qildi. Raisa Atamboyeva Almazbek Atamboyevning yaqinlari, qarindoshlari va maslakdoshlari quvg‘in ostiga olinganini aytib o‘tdi.
“Men haqiqatda Manas Araboyevni taniyman, negaki u Almazbek Atamboyevning jamoasida bo‘lgan. Siyosat yaramas ish ekanini bilardim va unga aralashmaslikka harakat qilardim. Men hatto qaysi sud qayerda ekanini ham bilmayman. Birinchi xonim bo‘la turib, hech qayerga aralashmaslik uchun ishlaganman. Bugun bildimki, menga ham jinoyat ishi ochilgan”, dedi Raisa Atamboyeva.
Avvalroq, Atamboyev hibsxonada qanday sharoitda saqlanayotgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi