Stiv Sverdlov o‘zbekistonlik bloger ustidan TIVga arz qildi
Jamiyat
−
17 iyun 2019
3964“Human Rights Watch” nohukumat tashkilotining O‘zbekistondagi vakili Stiv Sverdlov bundan bir necha kun avval bloger Sardor Komilov uning ruxsatisiz tasvirga olgani va savolga tutib, javoblarini e’lon qilgani, bu ortidan huquqlarini poymol qilgani haqida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qildi.
Tashqi ishlar vazirligiga ayni paytda mazkur masala har tomonlama o‘rganilayotganini ma’lum qildi. “O‘rganishlar yakuniga ko‘ra, amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli choralar ko‘riladi”, deyiladi xabarda.
“O‘zbekiston tomoni “Human Rights Watch”ning mamlakatimizdagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi hamda u va boshqa huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar bilan hamkorlikni davom ettiradi”, deyiladi TIV bayonotida.
LiveBarchasi