Stikersiz avtomobillar endi to‘g‘ri “shtrafnoy”ga olib ketiladi

Jamiyat

image

Endi karantin davrida Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida maxsus ruxsatnoma (stiker) avtomobil boshqargan haydovchilar jarimaga tortilmaydi, aksincha, ularning avtomobillari jarima maydonchasiga olib ketiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi qarorida aytilgan. 

Unga ko‘ra, joriy yil 6 aprelidan e’tiboran karantin talablarining ijrosini so‘zsiz ta’minlash hamda maxsus ruxsatnomasi mavjud bo‘lmagan holda harakatlanayotgan avtotransport vositalarini huquqbuzarlik davom ettirilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida istisno tariqasida ichki ishlar organlari yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan karantin davrida avtotransport vositasini maxsus ruxsatnomasiz boshqarganlik uchun transport vositasini jarima maydonchasiga joylashtirish yo‘li bilan ushlab turiladi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining joriy yil 28 martdagi qaroriga ko‘ra, 30 mart soat 06:00 dan 20 aprel soat 00:01 ga qadar viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)larsiz avtomobil boshqarish taqiqlandi.

Ushbu talabga bo‘ysunmasdan, karantin qoidasini buzib maxsus ruxsatnomasiz ko‘chalarda avtomobil bilan harakatlanayotganlar O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga ko‘ra bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 30 baravarigacha, mansabdor shaxslar esa 30 baravaridan 50 baravarigacha jarimaga tortilayotgan edi

Davlat xizmatlari markazlari 2020 yil 4 aprel soat 18:00dan boshlab arizalar qabulini vaqtincha to‘xtatishga qaror qildi. Hozirgi vaqtda mutaxassislar tomonidan 60 832 arizalarni ko‘rib chiqish jarayoni davom etmoqda. Ta’kidlashicha, arizalarni qabul qilish 6 aprel kuni soat 18:00 dan boshlanadi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar 266 nafarga yetdi. Ularning 25 nafari davolandi, 2 nafari vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus stiker Koronavirus O'zbekistonda jarima maydonchasi

Baholaganlar

143

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing