Sterling ikki yilgacha qamalishi mumkin
Sport
−
09:33 859 1 daqiqa
To‘rt karra Angliya chempioni va Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Rahim Sterling ikki yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Bu haqda “The Sun” nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, futbolchi xavfli tarzda avtomobil boshqarishda ayblanmoqda. Shuningdek, u azot oksidi saqlaganlikda hamda giyohvand moddalar bo‘yicha test topshirishdan bosh tortishda ayblanmoqda.
31 yoshli Sterling 2026 yildan buyon Niderlandiyaning “Feyenoord” klubida o‘ynab kelmoqda. U faoliyati davomida “Liverpul”, “Chelsi”, “Arsenal” va “Manchester Siti” klublari sharafini himoya qilgan.
Ma’lumot uchun, angliyalik futbolchi “Manchester Siti” bilan to‘rt marta Angliya chempionati, besh marta Liga kubogi va bir marta Angliya kubogida g‘olib chiqqan. Shuningdek, u Angliya terma jamoasi bilan 2021 yilgi Yevropa chempionatida kumush medal, 2019 yilgi Millatlar ligasida esa bronza medalni qo‘lga kiritgan.