Sterling g‘azabda: “shaharliklar” mavsum so‘ngiga qadar uni “Barsa”ga sotmaydi

Sport

image

“Manchester Siti” qishki transfer oynasida Rahim Sterlingni “Barselona”ga qo‘yib yubormoqchi emas. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Manchester klubi 26 yoshli yarim himoyachi uchun takliflarni ko‘rib chiqmaydi, chunki u Pep Gvardiola jamoasining muhim qismi bo‘lib qolmoqda. “Shaharliklar”ni na to‘liq transfer, na ijara takliflari qiziqtirmaydi.

Sterling hozircha jamoasi bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokara olib bormayapti, chunki u kelajakda klubning muhim futbolchisi bo‘lishga ishonch hosil qilmoqchi. 27 yoshli angliyalik futbolchi uzoq vaqt zahirada qolib ketgan taqdirda, yangi shartnoma imzolamaydi. Uning amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga yetadi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda “Manchester Siti” safida barcha turnirlar doirasidagi 15 ta uchrashuvida ishtirok etib, 2 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

APL Barselona La liga Gvardiola Rahim Sterling Man Siti

Baholaganlar

50

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing