Statqo‘m bozorlardagi narx-navoni e’lon qildi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi markaziy dehqon bozorlarida kartoshka 3 000 – 7 000 so‘mdan, o‘simlik yog‘i esa 14 000 – 24 000 so‘mdan sotilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazgan kuzatuv natijalari bo‘yicha ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari e’lon qilingan.

Joriy yil 17 noyabr holatiga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari quyidagicha:

  • Suyakli mol go‘shti (1 kg) — 45000 – 68000 so‘m;
  • Qo‘y go‘shti (1 kg) — 52000 – 80000 so‘m;
  • Kartoshka (1 kg) — 3000 – 7000 so‘m;
  • Piyoz (1 kg) — 1200 – 4000 so‘m;
  • Sabzi (1 kg) — 1000 – 5500 so‘m;
  • Tuxum (10 dona) — 7000 – 15000 so‘m;
  • Guruch (1 kg) — 5000 – 17 500 so‘m;
  • O‘simlik yog‘i (1 l) — 14000 – 24000 so‘m;
  • Shakar (1 kg) — 7500 – 10500 so‘m.

Statqo‘m narxlar kuzatuv amalga oshirilayotgan vaqtda qayd etiladi. Ma’lumotlarni to‘plash vaqti, sanasi hamda joyi o‘zgarishiga qarab, narxlar o‘zgarishi mumkinligini eslatib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

bozor statistika narx

Baholaganlar

239

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing