Starmer o‘z xohishi bilan kursisini bo‘shatmoqchi – OAV
Olam
−
14:57 572 1 daqiqa
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer o‘z tashabbusi bilan lavozimidan ketadi. Bu haqda hukumatdagi manbalariga tayanib, “Daily Mail” nashri sharhlovchisi Den Xojes xabar berdi.
“Kir Starmer o‘zining yaqin do‘stlariga bosh vazirlik lavozimini tark etish niyatida ekanligini aytgan”, deyiladi xabarda.
Xojes manbalarining so‘zlariga ko‘ra, hukumat rahbari mamlakatda qanday siyosiy vaziyat yuzaga kelganini tushunib turibdi, biroq u o‘z lavozimini munosib tarzda (e’tirozlarsiz) tark etishni xohlaydi.
“Ushbu bayonot aynan qachon berilishi hozircha noaniqligicha qolmoqda”, deya aniqlik kiritgan sharhlovchi.
May oyida leyboristlar mahalliy saylovlarda mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng, yuzga yaqin deputat Bosh vazirni lavozimidan ketishga chaqirgan edi. Norozilik sifatida hukumatning bir nechta mulozimlari, jumladan, Starmerning asosiy raqibi hisoblangan Sog‘liqni saqlash vaziri Ues Striting ham iste’foga chiqdi.
“Telegraph” gazetasining yozishicha, amaldagi hukumat rahbarining yana bir raqibi deb ko‘rilayotgan Manchester meri Endi Byornhem parlamentga saylanish niyatida. Bu unga bosh vazirlik kursisi uchun kurashish imkoniyatini beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya poytaxti Londonda Starmer partiyasi va Isroilga qarshi namoyishlar avj olgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi