Starmer Koreya Prezidentini tarjimon bilan adashtirib yubordi (video)
Olam
−
19 iyun 10104 2 daqiqa
Kecha, 18 iyun kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer G7 sammitida noqulay holatga tushib qoldi. U Janubiy Koreyaning yangi Prezidenti Li Chje Myonni tarjimon deb o‘ylab, dastlab boshqa insonga qo‘l uzatdi. Bu haqda “The Daily Mail” xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Starmer dastlab tarjimonga salom beradi, so‘ngra yoniga kelgan ayol haqiqiy suhbatdoshi – Prezident Li Chje Myonga ishora qiladi. Holat siyosiy muzokaralar oldidan yuz bergan.
Eslatib o‘tamiz, Li Chje Myon yaqinda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari prezident saylovlarida “Toburo” Demokratik partiyasidan nomzod sifatida ishtirok etib, 48,43 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongan edi. Uning raqibi Kim Mun Su 42,59 foiz ovoz oldi. Saylovlar mamlakatning sobiq prezidenti Yun Sok Yolning harbiy to‘ntarish harakati sababli impichment e’lon qilinib, muddatidan oldin chaqirilgan edi.
G7 sammiti yakunida esa umumiy bayonot qabul qilinmadi. Yevropa davlatlari Rossiya neftiga qo‘yilgan narx chegarasini 60 dollardan 45 dollarga tushirishni istadi, ammo bu masalada kelishuvga erishilmadi.
AQSH Prezidenti Donald Tramp sammitni vaqtidan oldin tark etdi. Oq uyning bildirishicha, bunga Yaqin Sharqdagi vaziyat sabab bo‘lgan. Germaniya kansleri Fridrix Mers Tramp bilan uchrashuvdan so‘ng Rossiyaga bosimni kuchaytirish zaruriyatini aytgan bo‘lsa, Tramp Kir Starmer bilan uchrashuvdan so‘ng Rossiyaga qarshi sanksiyalar AQSHga milliardlab dollarga tushayotganini ta’kidlagan.
Starmer esa o‘z navbatida Rossiyaning qo‘lida endi hech qanday kuchli karta qolmaganini aytdi. Kreml bu orada G‘arb bosimlariga moslashib ulgurganini va sanksiyalar orqali foyda olishni o‘rganib bo‘lganini ma’lum qildi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr