SSV “uyg‘onib ketdi”: navoiylik bemorning o‘limi haqida nihoyat rasmiy xabar berildi

Jamiyat

image

Avvalroq, navoiylik koronavirusga chalingan 38 yashar bemor vafot etgani haqida xabar bergan edik. Bemor bir necha kun avval vafot etganiga qaramay, bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermagan. Aksincha, buni viloyat hokimi Qobul Tursunov viloyat aholisiga murojaatida ma’lum qilgan. 

Ushbu xabar internetda tarqalgandan deyarli 7-8 soat o‘tib Sog‘liqni saqlash vazirligi uyg‘ondi va navbatdagi o‘limni qayd etdi.  
 
SSV xabarida aytilishicha, 38 yoshli X.Sh. joriy yil 2 iyul kuni koronavirus infeksiyasiga namuna topshirgan va kasalligi tasdiqlangan. Shu kunning o‘zdayoq shifoxonaga yotqizilgan. 

Unga COVID-19 infeksiyasi og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya, nafas yetishmovchiligi 1-2-darajasi tashxisi qo‘yilgan.

Qo‘shimcha gipertoniya kasalligi 3-daraja, arterial gipertenziya tashxisi ham qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi 3-4-daraja, o‘tkir bosh miya va o‘pka shishi kabi asoratlar bilan kechgan.
 
Bemor 2019 yildan buyon gipertoniya kasalligi bilan nazoratda turgan. Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli mutaxassislar tomonidan doimiy nazoratga olingan. 

Biroq  shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi, o‘tkir bosh miya va o‘pka shishi oqibatida vafot etdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘lim holati haqida kech xabar berayotgani uchun ham bemorning qachon vafot etganiga aniqlik kiritmagan.


Maqola muallifi

Teglar

SSV

Baholaganlar

780

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing