SSV Termizda olti egizak tug‘ilgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Bugun, 16 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahrida olti nafar egizak: to‘rt nafar qiz, ikki nafar o‘g‘il tug‘ilganligi va bu O‘zbekiston uchun rekord ko‘rsatkich ekani haqidagi habar tarqalmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati holatga oydinlik kiritish maqsadida Surxondaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Komil Abdivoxidov bilan bog‘landi.

Abduvohidovga ko‘ra, bu xabar haqiqatga zid. Termiz shahri va tumanida bunday tug‘ilish qayd etilmagan.

“Oxirgi ko‘p farzand tug‘ilishi hududimizda 3 fevral kuni bo‘lgan, ya’ni Angor tumani “To‘lqin” mahallasida istiqomad qiluvchi 1990 yilda tug‘ilgan Maxbuba Abdumurodova shu kuni uch farzandini kesarcha kesish yo‘li orqali dunyoga keltirgan”, degan Abdivoxidov.

Maxbuba Abdumurodovaning birinchi farzandi qiz (vazni 2950 gramm, bo‘yi 49 sm), ikkinchisi o‘g‘il (vazni 2900 gramm, bo‘yi 47 sm) va uchinchisi ham o‘g‘il (2200 gramm bo‘yi 46 sm). Hozirda ularning ahvoli qoniqarli.


Maqola muallifi

Teglar

SSV

Baholaganlar

1983

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing