SSV talabaning shifokorga nega stul otganini izohladi
3-sahifa
−
21 noyabr 2023
18354Avvalroq Toshkent shahridagi shifoxonalardan birida talaba yigit shifokorga stul otgani haqida xabar berilgan edi. Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, ushbu voqea joriy yilning 6 noyabr kuni soat 16:00 larda Toshkent shahar 7-son klinik shifoxonasida sodir bo‘lgan. Aniqlik kiritilishicha, o‘sha kuni 22 yoshli S.A. qabulxonaning yuz-jag‘ jarrohligi xonasiga yutinishdagi og‘riqlar, chaynashning qiyinligi, ikkala tomon jag‘osti sohasidagi shish va tana haroratining ko‘tarilishi shikoyatlari bilan murojaat qilgan.
Fuqaro shifokor tomonidan ko‘rilganda burun-halqum va bodomsimon bezlar giperemiyalashishi kattalashgani, giperemiya butun og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatiga tarqalgani, ikki tomonlama jag‘osti va bo‘yin limfa tugunlari simmetrik kattalashgani hamda tana harorati 37,5 darajadan yuqori ekanligi aniqlangan.
Shunga ko‘ra, shifokor tomonidan bemor virus etiologiyali rinofaringit yoki infeksion mononukleozga gumon qilinib, virusolog-mutaxassis ko‘rigiga yuborilgan. Bundan esa u va yaqinlari norozi bo‘lib, shifokorga o‘ta qo‘pol munosabatda bo‘lgan va unga qarata stul otgan.
“Ayni paytda mazkur holat yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Uning natijalari yuzasidan batafsil ma’lumot beriladi”, deyiladi munosabatda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr