SSV markaziy apparati tuzilmasiga yangi lavozim kiritildi

Jamiyat

image

Bugun, 18 aprel kuni Sog‘liqni saqlash vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga qo‘shimcha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori lavozimi kiritildi.

Ushbu o‘zgartirish Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash, yurtimizda sanitariya-epidemiologiya xizmati tizimini boshqarish samaradorligini yanada oshirish maqsadida Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu lavozimga shu vaqtgacha Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Bahodir Qahramanovich Yusupaliyev tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Sog'liqni saqlash vazirligi

Baholaganlar

83

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing