SSV 2021 yilgacha Damas avtomobillaridan butkul voz kechmoqchi

Jamiyat

image

2021 yilgacha O‘zbekistonda shoshilinch va tez tibbiy yordam ko‘rsatish xizmatida Damas avtomashinalaridan to‘liq voz kechilib, xalqaro andazalar darajasida jihozlangan zamonaviy tibbiy yordam mashinalariga o‘tiladi. 2019 yil yakuniga qadar barcha tez yordam mashinalarida qulay aloqani, chaqiriqlar uchun mashinani tezkor yo‘naltirishni ta’minlovchi GPS tizimini to‘liq yo‘lga qo‘yish belgilangan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan aholiga shoshilinch va tez tibbiy yordam ko‘rsatishning bugungi holati, yutuqlar va muammolarga bag‘ishlab tashkil etilgan matbuot anjumanida qayd etildi.

Unda qayd etilishicha, tez tibbiy yordam xizmatiga murojaatlar yil sayin ortmoqda. Masalan, taqqoslash uchun aytadigan bo‘lsak, 2016 yilda chaqiriqlar soni 7,2 millionni tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yilning o‘tgan davrida esa murojaatlar soni to‘qqiz milliondan oshgan.

Shu bilan birga, shoshilinch tibbiy yordam xizmatining statsionar muassasalariga ham murojaatlar ko‘paymoqda. Jumladan, 2017-2019 yillarda ushbu shifo maskanlariga 7,5 milliondan ziyod bemor murojaat qilgan. Ulardan 2,5 million nafari statsionar, 5 milliondan ortig‘i esa ambulator tibbiy yordamdan bahramand bo‘lgangan. Statsionarda davolangan bemorlarning 500 mingdan ortig‘iga yuqori texnologiyali xirurgik amaliyotlar bajarilgan. 

Ma’lumot uchun, bugungi kunda tizimda ikki yarim mingga yaqin “Nissan “Hunday”, “Toyota” rusumli va boshqa zamonaviy tez yordam mashinalari aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Sog'liqni saqlash vazirligi Damas tez tibbiy yordam

Baholaganlar

46

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing