“SSSR parchalanmaganda...” – Putin bahsli mavzuda fikr bildirdi

Jamiyat

image

Rossiya aholisi, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, agar XX asrda mamlakatning ikkita bo‘linishi bo‘lmaganda, hozir 500 million kishiga yetishi mumkin edi. Bu haqda kecha, 1 sentyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin "Okean" Umumrossiya bolalar markazida "Yangi bilim" marafoni doirasida maktab o‘quvchilari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

U o‘tgan asrda Rossiya davlatchiligi ikki marta qulaganiga e’tibor qaratgan. 1917 yil inqilobidan keyin Rossiya imperiyasi o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Rossiya “ulkan hududlarni yo‘qotdi, asta -sekin tiklandi, keyin Sovet Ittifoqi quladi”, deb eslagan Putin.

“Nimaga? Axir, biz dramatik voqealarga nima turtki bo‘lganini, nima sabab bo‘lganini sinchkovlik bilan tahlil qilishimiz kerak. Agar ular yuz bermaganda, biz boshqacha davlatga ega bo‘lardik. Ba’zi ekspertlarning fikricha, bizning aholi hozir 500 millionga yaqin bo‘lardi. Faqat o‘ylab ko‘ring”, deya ta’kidlagan Putin.

Prezidentning ta’kidlashicha, hozirda Rossiya aholisi taxminan 146 million kishini tashkil qiladi.

“Agar bunday fojialar bo‘lmaganida, 500 millionga yaqin odam bo‘lardi. Farqi bormi? Davlatning yalpi qudrati geometrik progressiya tartibida oshar edi”, deya takrorlagan Putin.

U kelajakda shu kabi yo‘qotishlarga duch kelmaslik uchun yuz bergan fojilar asosida nimalar yotganiga e’tibor qaratish kerakligini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

2229

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing