Xanchjou-2022. Rashidov Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi
Sport
−
27 Sentabr 2023
6563Ulug‘bek Rashidov taekvondo bo‘yicha Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri Shaxzod Shukurov xabar berdi.
O‘zbekistonlik sportchi finalga qadar gongkonglik Vay Fung Loni, Xitoy Taypeyi vakili Juy Yi Chuyni, koreyalik Xoyun Jinni mag‘lub etdi va hal qiluvchi bahsda iordaniyalik Abdulkarim Zaid ustidan 2:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.
Aytish joiz, bu Ulug‘bek uchun debyut Osiyo o‘yinlari bo‘ldi, u ilk ishtirokdayoq oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, taekvondo bo‘yicha chempionlik uchun bahs olib borgan yana bir o‘zbekistonlik sportchi Feruza Sodiqova -67 kg vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritdi. U finalda Xitoylik Ji Song bilan jang olib bordi va imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
LiveBarchasi