“Sputnik V” bilan emlangan Prezidentda koronavirus aniqlangani noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi
Olam
−
06 aprel 2021 5090 1 daqiqa
Argentina Prezidenti Alberto Fernandesning kasalligi COVID-19 ning yangi shtammlari bilan bog‘liq emas.
"Unda aniqlangan tur keng tarqalgan va xavotirga sabab bo‘lgan yangi shtammlarning hech biriga mos kelmaydi", deyilgan xabarda.
Xabarga ko‘ra, Fernandes o‘zini yaxshi his qilmoqda, uning ahvoli barqaror.
Avvalroq, Argentina Prezidenti Alberto Fernandesning koronavirusga topshirgan testida musbat natija qayd etilgandi.
Ma’lumot o‘rnida, 2 aprel kuni 62 yoshga to‘lgan Argentina Prezidenti joriy yilning yanvar oyida Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasi bilan koronavirusga qarshi emlangan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025