Sport maktabi direktori vazirlikka ko‘tarildi

Sport

image

O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirining tegishli buyrug‘igi asosan, Bahodir Ismoilovich Mamatnazarov Olimpiya sport turlarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Bahodir Mamatnazarov shu kungacha Sport yakkakurashlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 fevraldagi “Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–75-son Farmoniga muvofiq: Turizim va sport vazirligi tugatilib, uning o‘rnida Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Sportni rivojlantirish vazirligi tashkil qilingandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Aziz Abduhakimovni Bosh vazirning o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri lavozimiga, Adham Ikromovni Sportni rivojlantirish vaziri lavozimiga tayinlagandi. 

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Avazjon Qudratillayevich Karimov Sportni rivojlantirish vazirining maslahatchisi etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

29

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing