Yangi vazirlik nima karomat ko‘rsatadi? Prezident yangi qarorni imzoladi
Jamiyat
−
21 fevral 2022
12346O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Sportni rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qarorning to‘liq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 fevraldagi “Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–75-son Farmoniga muvofiq:
1. Quyidagilar:
Sportni rivojlantirish vazirligining tashkiliy tuzilmasi
1-ilovaga muvofiq;
Sportni rivojlantirish vazirligi markaziy apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 76 nafar bo‘lgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Sportni rivojlantirish vazirligining hududiy bo‘linmalari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 594 nafar etib belgilansin.
3. Sportni rivojlantirish vaziriga:
sportni rivojlantirish vaziri o‘rinbosarlari o‘rtasida aniq vazifalar va funksiyalarni taqsimlash;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy va ta’lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislarini, shuningdek, ekspertlarni maslahatchi sifatida jalb qilish;
zarur hollarda, xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida Sportni rivojlantirish vazirligi markaziy apparati, shuningdek, tizim tashkilotlari tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligining viloyatlar va Toshkent shahar bosh boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) bo‘limlari tuzilmalari va nizomlarini tasdiqlash, shuningdek, ular boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini belgilash huquqi berilsin.
4. Belgilansinki:
Sportni rivojlantirish vazirligi faoliyatini muvofiqlashtirish Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan amalga oshiriladi;
Vazirlar Mahkamasi apparati Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyatining sport sohasiga mas’ul xodimlari Vazirlar Mahkamasi apparatining Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tarkibiga o‘tkaziladi.
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda mazkur banddagi talablardan kelib chiqib Hukumat apparatining shtat jadvaliga hamda tegishli tarkibiy bo‘linmalar to‘g‘risidagi nizomlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini ta’minlasin.
5. Sportni rivojlantirish vazirligi huzurida byudjetdan tashqari Sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda – Jamg‘arma) tashkil qilinsin.
Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga sport sohasidan kelib tushgan mablag‘lar Jamg‘armaga to‘liq o‘tkazilsin.
6. Belgilab qo‘yilsinki:
Sportni rivojlantirish vazirligi hamda uning hududiy bo‘linmalari faoliyati Davlat byudjeti mablag‘lari, vazirlikning byudjetdan tashqari mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Jamg‘arma mablag‘lari Sportni rivojlantirish vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari, shuningdek, tizim tashkilotlari xodimlarini qo‘shimcha rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.
7. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning manbalari etib belgilansin:
muassisi Sportni rivojlantirish vazirligi hisoblangan korxonalar va tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda – tizim tashkilotlari) ixtiyorida soliqlar va yig‘imlar to‘langanidan keyin qoladigan sof foydaning bir qismi;
xususiylashtirish to‘g‘risidagi qarorlarga muvofiq davlat mulki ob’ektlarini realizatsiya qilishdan tushadigan tegishli mablag‘lar;
tizim tashkilotlarining mol-mulkini (bundan ko‘chmas mulk mustasno) sotishdan tushgan mablag‘larning 50 фоизи;
tizim tashkilotlarining mol-mulkini ijaraga berishdan tushgan byudjetga yo‘naltirilayotgan mablag‘larning 50 фоизи;
tizim tashkilotlari faoliyatini tekshirish natijalari bo‘yicha Sportni rivojlantirish vazirligining ichki audit xizmatlari tomonidan aniqlangan Davlat byudjeti mablag‘larining, shuningdek, talon-taroj, rastratalar, kamomadlar summalarining 50 фоизи;
tizim tashkilotlari faoliyatini tekshirish natijalari bo‘yicha Sportni rivojlantirish vazirligining ichki audit xizmatlari tomonidan aniqlangan hamda davlat maqsadli jamg‘armalari va byudjetdan tashqari jamg‘armalar daromadiga undirilgan noqonuniy sarflangan byudjet mablag‘lari, talon-taroj, rastratalar, kamomadlar summalari;
tizim tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalariga tushadigan mablag‘larning 10 фоизи;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
sport sohasidagi davlat-xususiy sheriklik loyihaларини amalga oshirishdan tushadigan mablag‘lar;
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
8. Belgilansinki:
Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasiga davlat aktivlarini sotishdan tushadigan mablag‘larining 3 foizi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari asosida sotiladigan davlat mulki ob’ektlarini sotishdan hamda yer uchastkalarini xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘lar bundan mustasno) Jamg‘armaga yo‘naltiriladi. Bunda ushbu mablag‘larning bir qismi tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, tadbirkorlar uchun tashkil etiladigan o‘quv kurslarini maqsadli moliyalashtirish uchun Savdo-sanoat palatasiga yo‘naltiriladi va uning miqdori Savdo-sanoat palatasi Prezidiumi tomonidan belgilanadi;
Turizm va sport vazirligining mol-mulki, shu jumladan, avtotransport vositalarini Sportni rivojlantirish vazirligiga o‘tkazishda qayta rasmiylashtirish uchun to‘lovlar undirilmaydi;
Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan qayta tashkil etilayotgan, tugatilayotgan, o‘zgartirilayotgan va boshqa tashkilotlar tizimiga o‘tkazilayotgan tashkilotlarga biriktirilgan ko‘chmas mulk ob’ektlariga va boshqa mol-mulkka bo‘lgan huquqlar tegishli yig‘imlar va boshqa to‘lovlar undirilmagan holda qayta rasmiylashtiriladi;
Turizm va sport vazirligining markaziy apparati xodimlarini Sportni rivojlantirish vazirligiga ishga qabul qilish sportni rivojlantirish vaziri tomonidan tegishli davlat organlari tomonidan ilgari amalga oshirilgan kelishuvlarni, tanlov natijalarini inobatga olgan holda, mustaqil amalga oshiriladi;
Sportni rivojlantirish vazirligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangunga qadar, Sportni rivojlantirish vazirligi hamda hududiy bo‘linmalar xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 31 iyuldagi 477-son qarori bilan tasdiqlangan Turizm va sport vazirligi to‘g‘risidagi nizomga va amaldagi tartibga asosan amalga oshiriladi.
Sportni rivojlantirish vazirligi bir oy muddatda vazirlik to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Sportni rivojlantirish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Davlat byudjetining 2022 yil uchun tasdiqlangan byudjet parametrlariga ushbu qaror talablaridan kelib chiqib tegishli o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Sportni rivojlantirish vazirligi Toshkent shahri, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 2-uy manzili bo‘yicha joylashtirilsin.
11. Sportni rivojlantirish vazirligi:
ikki hafta muddatda vazirlikning hududiy, tarkibiy va quyi bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlar (ustavlar), ularning tuzilmalari, shuningdek, xodimlarning lavozim yo‘riqnomalari qayta тасдиқланишини ta’minlasin;
bir oy muddatda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
LiveBarchasi