Sport kurashlari bo‘yicha litsenzion turnir yana bekor qilindi

Sport

image

Shu yilning 27-29 mart kunlari Qirg‘izistonning Bishkek shahrida sport kurashlari bo‘yicha Osiyo qit’asi uchun Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi musobaqa bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq Qirg‘iziston hukumati mazkur turnirni o‘tkazishni istamadi.

Ushbu musobaqa aslida Xitoyda o‘tkazilishi rejalashtirilgandi. Koronavirus epidemiyasi chin yurtida keng tarqalganligi sababli, mezbonlik Bishkek shahriga ko‘chirildi. 

Xalqaro tashkilot yana litsenzion turnirni qabul qiladigan shahar izlashga tushdi. Hozircha ushbu musobaqa qachon va qayerga ko‘chirilishi borasida aniq ma’lumot yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi hisobida sport kurashlari bo‘yicha Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun 3 ta litsenziya mavjud.

Jahongir Sotvoldiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Olimpiada

Baholaganlar

20

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing