SpaceX tarixdagi eng baland raketani yig‘di 

Texnologiya

image

Amerikalik tadbirkor Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi tarixdagi eng baland Starship raketasini yig‘di, uning uzunligi deyarli 120 metrga yetadi.  

Xabar berilishicha, kosmik kemadan 2024 yilda odamni Oyga qaytarish maqsadida foydalaniladi. Starship SN20 raketasining prototipi shu yilning bahorida yaratila boshlangan, uni yig‘ish Texasning Boka-Chika qishlog‘idagi SpaceX kosmodromida amalga oshirilgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida SpaceX kompaniyasi 2024 yilda Oyga astronavtlarni yuborish uchun shartnoma qo‘lga kiritgandi. 

Ma’lumot o‘rnida, Starship kosmik kemasi va o‘ta og‘ir raketasi Yerga yaqin orbita, Oy va Marsga ekipaj va yuklarni olib chiqishga mo‘ljallangan.


Maqola muallifi

Teglar

SpaceX

Baholaganlar

174

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing