SpaceX fazogirlik tarixidagi rekordni yangiladi 

Texnologiya

image

Kecha, 24 yanvar kuni SpaceX kompaniyasi o‘zining Falcon 9 raketasini muvaffaqiyatli ravishda fazoga uchirdi. Uning bortida 143 ta sun’iy yo‘ldosh bo‘lgan. 

Bu fazogirlik tarixida bir vaqtning o‘zida fazoviy qurilmalarning orbitaga chiqarilishi bo‘yicha rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. 

Manbaga ko‘ra, avvalgi rekord bir vaqtda 104 ta qurilma uchirgan Hindistonga tegishli bo‘lgan. 

Raketa bortida 30 ta buyurtmachining 143 ta, jumladan Starlink internet tarmog‘ining 10 ta sun’iy yo‘ldoshi bo‘lgan. 

Qayd etilishicha, qurilmalarning umumiy og‘irligi 5 tonnani tashkil qiladi. Missiya "Transporter-1" deb nomlangan. 

Dastlabki rejaga ko‘ra, raketa 23 yanvarda start olishi kerak bo‘lgan, biroq noqulay ob-havo sababli parvoz bir kunga qoldirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, SpaceX har to‘rt oyda shu kabi parvozlarni amalga oshirmoqchi.


Maqola muallifi

Teglar

SpaceX

Baholaganlar

131

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing