SpaceX 60 ta sun’iy yo‘ldoshni fazoga olib chiqdi

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

Bugun, 4 mart kuni Amerikaning SpaceX kompaniyasi yana bir Falcon 9 raketasini 60 ta Starlink internet sun’iy yo‘ldosh partiyasi bilan kosmosga yubordi. Kosmik kema uchirilishi kompaniya veb-saytida namoyish etildi. 

Raketa Florida shtatidagi Kennedi kosmik markazidan mahalliy vaqt bilan 3:24 da (Toshkent vaqti bilan 13:24 da) uchirilgan. 

Bungacha raketaning jo‘natilishi bir necha marta qoldirilgan. 

Falcon 9 ning birinchi bosqichi suzuvchi platformaga muvaffaqiyatli yetib borgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Starlink - bu dunyo aholisini internetga keng polosali ulanishini ta’minlashga qodir zamonaviy sun’iy yo‘ldosh tarmog‘i.


Maqola muallifi

Teglar

SpaceX

Baholaganlar

59

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing