Sovuq va issiq suv sarfini hisoblash priborlari xatlovdan o‘tkaziladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 13 aprel kuni Vazirlar Mahkamasining “Suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibi to‘g‘risida”gi qaror nizomi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida xabar qilindi.

Qarorga muvofiq, Suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun tariflarni belgilashda iste’molchilar uchun ko‘rsatiladigan xizmatlar tannarxini butunlay qoplash nazarda tutiladi.

Shuningdek, suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkilotlarini rivojlantirish xarajatlari ham hisobga olinadi.

2019 yil 1 iyulgacha barcha iste’molchilarning sovuq va issiq suv sarfini hisoblash priborlari (schyotchik) xatlovdan o‘tkaziladi.

Shuningdek, 2019 yil 1 avgustgacha Sovuq va issiq suvni hisobga olish priborlarini o‘rnatish dasturi ishlab chiqiladi.

Hokimlar 2019 yil 1 iyulgacha aholining ichimlik suvni iste’mol qilish normativlarini qayta ko‘rib chiqishi lozim.

Nizomga muvofiq, suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkilotlari uy-joy kommunal xizmat ko‘satish organlari bilan suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari tariflarini qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun Moliya vazirligiga (moliya organlari) murojaat qiladi.

Tariflar Moliya vazirligi tomonidan tegishli organlar taqdim qilgan ma’lumotlar asosida deklaratsiya qilinadi (tasdiqlanadi).

Tariflarni tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror u kuchga kirishidan 15 kun oldin e’lon qilinishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi

Baholaganlar

26

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing