SOVID-19'ga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganlar uchun karantin muddati qisqartirildi
Jamiyat
−
02 fevral 2022
5218O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemor bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar uchun karantin muddati 14 kundan 7 kungacha qisqartirildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, “omicron” shtammining yashirin davri qisqaligini inobatga olib, shunday qarorga kelingan.
“Xalqaro tajribadan kelib chiqib, koronavirus infeksiyasining “Omikron” shtammining yashirin davri qisqaligini inobatga olib, koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarning karantin muddati 14 kundan 7 kungacha qisqartiriladi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Ma’lumot uchun, 1 fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 225110 nafarga yetdi. Kasallanganlarning 210647 nafari sog‘aygan va 1571 nafari vafot etgan. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 94 foizga teng.
LiveBarchasi