Saudiya Arabistoni yana bir jazo turidan voz kechdi
Olam
−
27 aprel 2020
7270Avvalroq, Saudiya Arabistonida noqonuniy xatti-harakatlari uchun jazo turi sifatida qamchilash taqiqlangani haqida xabar bergan edik.
Saudiya Arabistoni inson huquqlari komissiyasi qirollik endi voyaga yetmaganlarga o‘lim jazosini qo‘llamasligini ma’lum qildi. Qirolning farmoniga asoslangan xabar mamlakat rasmiylari kaltaklashni taqiqlashini e’lon qilganidan ikki kun o‘tgach amalga oshirildi.
Ar-Riyod tomonidan imzolangan BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar uchun o‘lim jazosi qo‘llanilmasligi kerakligi aytilgan. 26 aprel kuni e’lon qilingan bayonotda komissiya prezidenti Avvad Alavvad qirol farmoni bilan qatllarning o‘rniga eng ko‘pi 10 yilgacha bo‘lgan jazo bilan almashtirilganini ma’lum qildi.
“Farmon bizga zamonaviy jinoiy kodeksni ilgari surishda yordam beradi”, dedi rasmiy vakil.
Qaror qachon kuchga kirishi noma’lum, deb yozmoqda mahalliy OAV.
Amnesty International inson huquqlari guruhi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda qirollikda 184 kishi qatl qilingan.
LiveBarchasi