Poytaxtda jamoat transportiga xususiy sektor jalb qilindi
Jamiyat
−
20 yanvar 2020
4755“Toshshahartarsnxizmat” AJ negizida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi xususiy korxonalar faoliyatini keng yo‘lga qo‘yish maqsadida dastlabki qadam tashlandi.
“Alixan trans servis” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga shu kungacha “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan xizmat ko‘rsatib kelingan 129-“Aviyasozlar shaharchasi — Yunusobod 17 mavze” yo‘nalishi tenderga qadar ushbu korxonaga biriktirildi.
Korxona tomonidan yo‘nalishga Xitoyda Germaniya texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan “Asia star” rusumli 11 ta avtobus qo‘yildi. Ushbu avtobuslarning dvigatel qismi “Yevro5” standarti asosida ishlab chiqarilgan. Gaz yoqilg‘isi bilan harakatlanuvchi mazkur transport vositasi 70 ta yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, barcha qulayliklarga ega. Jumladan, konditsioner, pandus (nogironligi bo‘lgan shaxslarning chiqib tushishlari uchun mo‘ljallangan yo‘lak), 5 ta kuzatuv kameralari, monitor, dvigatelda yong‘inga qarshi ishlovchi avtomat tizim bilan jihozlangan.
Mazkur korxona faoliyati shahar yo‘nalishida to‘la o‘rganiladi va boshqa yo‘nalishlarga ham xususiy sektorni keng jalb etish choralari ko‘riladi.
LiveBarchasi