Qrim rahbari Ukraina bilan muzokaralarga tayyorligini aytdi
Olam
−
25 Oktabr 2019
5571Qrim rahbari Sergey Aksyonov Ukraina rasmiylari bilan yarim orolning Rossiyaga tegishliligi maqomini tan olish bo‘yicha muzokaralarga tayyorligini bildirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Avvalroq, OAVda Ukraina Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Yekaterina Zelenko har qanday formatdagi muzokaralarga tayyorligini e’lon qilgan edi, uning asosiy maqsadi Qrim ustidan Ukraina suverenitetini tiklash bo‘lishi kerak.
"Qrimni ular uchun Rossiya sifatida tan olish bo‘yicha muzokaralar olib boriladimi? Iltimos, savol biz uchun yopiq. Faqat ularni tan olish kerak. Agar shu xususda muzokaralar bo‘lsa, Xudoga shukur, ularni tan olsin",dedi Aksenov jurnalistlarga.
U yana bir bor, 2014 yilda qrimliklarning tanlovi yakuniy bo‘lganini va bu masala bo‘yicha hech qanday munozara bo‘lmasligi mumkinligini esladi. "Bu masalada Ukraina siyosatchilari mustaqil emaslar. Rossiya abadiy ekanini anglashlari bilan, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar tezroq yaxshilanadi va normal holatga qaytadi", deya qo‘shimcha qildi Aksyonov.
Eslatib o‘tamiz, Qrim yarim oroli Ukraina tarkibidan 2014 yilda referendum orqali chiqib, Rossiya tomoniga o‘tganini da’vo qiladi. Dunyo hamjamiyati esa, Qrim Rossiya tomonidan anneksiya qilingan degan fikrni ilgari suradi.
LiveBarchasi