“Taksichilar, migrantlar...” Ikromov “eng og‘riqli” qatlamlar haqida gapirdi
Jamiyat
−
25 aprel 2020
13006Pandemiya ortidan kelgan inqiroz tufayli xalqning ma’lum qatlami, taksichi va migrantlar oilalariga katta zarar keldi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov MFaktor loyihasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Bizda sovet davridan beri mavjud bo‘lgan epidemiologik zanjir bo‘yicha izolyatsiyani amalga oshirganimiz yutug‘imiz bo‘ldi. 15 martda karantin choralari boshlandi va 4 kun o‘tib tadbirkorlar uchun preferensiya va imtiyozlar berish boshlandi. So‘ngra, 3 aprel kuni yana tadbirkorlarga ko‘mak beruvchi imtiyozlar kiritildi. Shu o‘rinda aytish joizki, biz tadbirkorlar qatlamini emas, xalqning qatlamini ham hisobga olishimiz kerak.
Eng zarar ko‘rgan qatlam katta shaharlarimizda xizmat ko‘rsatish, xususan, taksichilik qilib pul topganlarni olish mumkin. Qonuniy ishlaganmi yoki patent olib ishlaganmi kundalik daromadi bo‘lgan. Endi, tasavvur qiling, Sergeli yoki Chilonzorda ikki xonali kvartirasi bo‘lib, taksini arendaga olib ishlasa... Ham oylik arendasiga pul to‘lash kerak, ham uyga qozoni qaynashi uchun 70-80 ming so‘m pul olib kirish kerak. 2-3 nafar bolasi bor. Ayoli restoranda farrosh bo‘lib ishlaydi. Ikkalasi ham 40 kundan beri uyda o‘tirib, pandemiya orqali nochor bo‘lib qolgan oilalar qatoriga kirib qoladi. Chunki pandemiya bo‘lmaganida ikkalasining qozoni qaynab turgandi.
Ikkinchi eng ko‘p zarar ko‘rgan hamyurtlarimizni viloyatlarda ko‘ramiz. Bular 20-30 ming bo‘lgan ishchi-migrantlarimizdir. Eng ko‘pi Rossiyadan kelgan, albatta. Hozir ular uyiga qaytgan va ishi yo‘q, chunki chegaralar yopiq. Lekin uning sarhisoblari bor edi – qancha oilasiga jo‘natadi, qanchasiga oilasini boqadi.
Uchinchi zarar ko‘rgan qatlam bu Rossiyada ishini yo‘qotishi natijasida bu yerda mablag‘siz qolgan oila deyish mumkin.
To‘rtinchi qatlam – pandemiya bo‘ladimi yoki bo‘lmaydimi shundoq ham kambag‘al qatlamlarimiz deyish mumkin. Bu qatlam haqida Prezidentimiz ham yanvardagi murojaatida aytib o‘tdi”, deydi Ikromov.
LiveBarchasi